JCh-2026 startiga roppa-rosa bir oy qoldi
Turnir uchta mamlakatda — AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan tarixdagi ilk mundial bo‘ladi.
Roppa-rosa bir oydan keyin, 11-iyun kuni futbol bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Turnir uchta mamlakatda — AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan tarixdagi ilk mundial bo‘ladi.
11-iyun kuni jahon chempionatining ochilish uchrashuvida Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoalari to‘qnash kelishadi. O‘yin afsonaviy «Atsteka» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi o‘z unvonini himoya qiladi. Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 finalida Lionel Messi boshchiligidagi «albiseleste» 120 daqiqalik 3:3 hisobidan so‘ng, penaltilar seriyasida Fransiyani mag‘lub etgan edi.
JCh-2026 finali 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash joizki, vaqt zonalaridagi farq tufayli o‘yinlar translyatsiyasi juda keng vaqt oralig‘ini qamrab oladi. Masalan, Toshkent vaqti bilan o‘yinlar tungi 00:00, 03:00, 06:00 va hatto tonggi 09:00 larda boshlanishi mumkin.