Tramp JCH-2026 oʻyinlariga finalga qadar tashrif buyurishni rejalashtirmayapti
Manbaning bergan maʼlumotlariga koʻra, prezidentning finalga qadar turnirda koʻrinish berishi faqatgina AQSh terma jamoasi yarim finalga chiqqan taqdirdagina yuz berishi mumkin.
AQSh Prezidenti Donald Tramp 19-iyulga belgilangan final uchrashuviga qadar Jahon chempionati — 2026 oʻyinlariga tashrif buyurishi kutilmayapti. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Manbaning bergan maʼlumotlariga koʻra, prezidentning finalga qadar turnirda koʻrinish berishi faqatgina AQSh terma jamoasi yarim finalga chiqqan taqdirdagina yuz berishi mumkin. Ayni paytda Jahon chempionati siyosatchining rejalari roʻyxatiga kiritilmagan — 4-iyul kuni u AQShda Mustaqillik kunini nishonlash bilan band boʻladi. Shunga qaramay, Tramp gʻoliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etishi kutilmoqda — u turnir finalida gʻalaba qozongan jamoa sardoriga bosh sovrinni topshirishi kerak.
Jahon chempionati — 2026 musobaqasi 11-iydundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.