JCH-2026: Senegal Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi, Fransiya Norvegiyadan ustun keldi
Fransiya guruhda 9 ochko bilan birinchi bo‘ldi. Norvegiya 6 ochko bilan ikkinchi, 3 ochkosi bor Senegal 3-bo‘ldi. Iroq 0 ochko bilan turnirni yakunladi.
Jahon chempionati «I» guruhida 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Senegal Iroqqa qarshi bahsda yirik 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Afrikaliklardan Diarra (4), Sarr (56), Guye (59, 71) va Ndiaye gollarga mualliflik qilishdi.
Iroqliklar himoyachisi Sulakaning 13-daqiqada maydondan chetlatilishi ushbu yirik hisobga asosiy sabablardan biri bo‘ldi.
Guruhning yana bir bahsida Fransiya Norvegiyani ayab o‘tirmadi - 4:1.
Usmon Dembele xet-trik qayd etdi (7,20,32), Dezire Due ham o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ya oldi (90+4). Norvegiyaning yagona javob golini Telo Aasgaard 21-daqiqada kiritdi.
Norvegiyaliklar hujumchisi Yorgen Larsen 50-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.
Fransiya guruhda 9 ochko bilan birinchi bo‘ldi. Norvegiya 6 ochko bilan ikkinchi, 3 ochkosi bor Senegal 3-bo‘ldi. Iroq 0 ochko bilan turnirni yakunladi.