JCh-2026 pley-off: Italiya va Polsha g'alaba qozondi, Ukraina esa turnirga bormaydigan bo'ldi
26-mart kuni Yevropa mintaqasida 2026-yilgi jahon chempionati saralashining pley-off bosqichi doirasida sakkizta yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Yevropada JCh-2026 saralashining 26-mart kungi pley-off bahslari natijalari:
Turkiya — Ruminiya — 1:0;
Chexiya — Irlandiya — 2:2 (penaltilar bo'yicha — 4:3);
Slovakiya — Kosovo — 3:4;
Polsha — Albaniya — 2:1;
Italiya — Shimoliy Irlandiya — 2:0;
Ukraina — Shvetsiya — 1:3;
Uels — Bosniya va Gersegovina — 1:1 (penaltilar bo'yicha — 2:4);
Daniya — Shimoliy Makedoniya — 4:0.
Eslatib o'tamiz, 2026-yilgi jahon chempionati yozda uchta mamlakat — AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo'lib o'tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi jahon birinchiligi finalida Argentina milliy terma jamoasi Fransiya bilan to'qnash kelgan edi. O'yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklarning qo'li baland kelgan (4:2).