JCH-2026: Ekvador va Kyurasao uchrashuvida durang qayd etildi
Ekvador Milliy terma jamoasi Amerikaning Kanzas-Siti shahridagi bahsda Kyurasao terma jamoasi bilan durang oʻynadi.
Ekvador Milliy terma jamoasi Amerikaning Kanzas-Siti shahridagi bahsda Kyurasao terma jamoasi bilan durang oʻynadi. Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi 2-turi doirasidan oʻrin olgan mazkur uchrashuvda hisob ochilmadi (0:0).
Oʻyin davomida Ekvador jamoasi futbolchilari raqib darvozasi tomon jami 27 ta zarba yoʻllashdi va ulardan 15 tasi aniq (darvoza sohasiga) bordi. Kyurasao terma jamoasi esa raqibga 10 ta zarba (3 tasi aniq) bilan javob qaytardi.
Shu tariqa, Kyurasao jamoasi oʻz tarixida Jahon chempionatlaridagi ilk ochkosini qoʻlga kiritdi. Dik Advokat shogirdlari JCH-2026 "E" guruhi turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turishibdi. Ekvador terma jamoasi ham (1 ochko) guruhda uchinchi oʻrinni band etgan.
Guruh bosqichining soʻnggi, uchinchi turida Kyurasao terma jamoasi Kot-d'Ivuar bilan kuch sinashsa, Ekvador jamoasi Germaniyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikkala uchrashuv ham 25-iyun kuni boʻlib oʻtadi.