O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Tailanddagi "Qirol kubogi–2026" turnirida ishtirok etishi mumkin
Mazkur musobaqa joriy yilning 9–17 noyabr kunlari, FIFA kunlari doirasida tashkil etiladi.
Joriy yilning kuzida Tailand yashil maydonlarida an’anaviy "King's Cup – 2026" (Qirol kubogi) xalqaro turniri bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur musobaqa joriy yilning 9–17 noyabr kunlari, FIFA kunlari doirasida tashkil etiladi. E’tiborlisi, ushbu o‘rtoqlik turnirida Osiyo kubogining muntazam ishtirokchilari hisoblangan to‘rtta kuchli jamoa: O‘zbekiston, O‘mon, Bahrayn va mezbon Tailand terma jamoalarining qatnashishi kutilmoqda.

Hozircha O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi (O‘FA) ushbu turnirda milliy terma jamoa yoki boshqa yoshdagi termaning ishtirok etishi borasida rasmiy ma’lumot bermagan va bu xabarni tasdiqlamagan.