Jazoir bilan parlamentlararo hamkorlik kengayadi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Spiker Nuriddin Ismoilovning Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Özbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elçisi Jamila Aşur bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Muloqotda J.Aşur Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda barça sohada amalga oşirilayotgan izçil islohotlarni yuqori baholab, bu Özbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlaşga xizmat qilayotganini eʼtirof etdi. Jazoir Özbekiston bilan döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş hamda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni aniq amaliy natijalar bilan boyitişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Suhbat davomida parlamentlararo hamkorlik masalalari atrofliça muhokama qilindi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Jazoir parlamenti — Milliy xalq assambleyasi bilan hamkorlik böyiça parlamentlararo guruh faoliyat yuritayotgani özaro aloqalarni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
Oliy darajada erişilgan kelişuvlarning samarali ijrosini taʼminlaş, parlamentlararo aloqalarni faollaştiriş, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almaşiş muhimligi qayd etildi.
M.Komilova,
ÖzA