Javohir Sindorov “Sinquefield Cup 2026”ning ilk turida Uesli So bilan kuch sinashadi
Bugun, 10-avgust kuni AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha “Grand Chess Tour” seriyasining hal qiluvchi bosqichi hisoblangan “Sinquefield Cup 2026” turnirining ilk tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
9 ta turdan iborat aylanma tizimda o‘tkaziladigan nufuzli musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindorov bilan birgalikda Fabiano Karuana (AQSH), Praggnanandxa Rameshbabu (Hindiston), Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya) Jorden van Forest (Niderlandiya) Sem Sevyan (AQSH) dona surishi belgilangan.

Turnirga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 11-avgustga o‘tar oqshom boshlanadigan xalqaro turnirning ilk turida hamyurtimiz Javohir Sindorov qora donalarda amerikalik Uesli So bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgustga qadar davom etadigan xalqaro musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollari etib belgilangan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA