Javohir Sindorov AQSH turnirida qatnashmoqda
AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha “Clutch Chess: Champions Showdown 2026” turniri o‘tkazilmoqda.
Mahoratli shaxmatchimiz Javohir Sindorov, AQSH vakillari Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana, hindistonlik Praggnanandxa ishtirokida o‘tayotgan nufuzli turnirning 3 ta tur o‘yinlari ortda qoldi.

Dastlabki bahsda Javohir Sindorov qora donalarda hindistonlik Praggnanandxani birinchi o‘yinda mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda tomonlar murosa yo‘lini tanladi.
2-turda Fabiano Karuana bilan durangga erishgan Javohir 3-turning ikkita to‘qnashuvida ham Hikaru Nakamura bilan tenglikka erishdi.

Bugun, 28-oktabr kuni umumiy mukofot jamg‘armasi 425 ming AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning 4-6-tur musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Ortda qolgan 3 ta tur o‘yinlaridan keyin turnir jadvalida 4 ochko bilan Hikaru Nakamura yetakchilik qilmoqda. J.Sindorov 3,5 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. “Clutch Chess: Champions Showdown 2026” turniri 29-oktabrgacha davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA