Kamilla Rahimova Tokioda chorak finalga chiqdi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan WTA 500 toifasidagi «Toray Pan Pacific Open Tennis» xalqaro turnirida hamyurtimiz Kamilla Rahimova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mazkur turnirning asosiy to‘rida Kamilla Rahimova o‘z ishtirokini ikkinchi davradan boshladi. Ushbu bosqichda tennischimizga rossiyalik Yekaterina Aleksandrova qarshilik ko‘rsatdi. Uch set davom etgan ushbu bellashuvda Kamilla Rahimova 6:4, 4:6, 7:6 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Endi Kamilla Rahimova yarim final ostonasida ispaniyalik Kristina Buksha va avstraliyalik Mayya Joynt o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA