Jasur Boyqo‘ziyev – xalqaro turnir sovrindori
Angliyaning Manchester shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro Gran-pri turnirida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari munosib ishtirok etdi.
Angliyaning Manchester shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro Gran-pri turnirida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari munosib ishtirok etdi.
Musobaqada 59 mamlakatdan kelgan 237 nafar sportchi o‘zaro kuch sinashdi. Turnir sovrindorlari 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahrida tashkil etiladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun muhim reyting ochkolariga ega bo‘ldi.
Musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qilgan Jasur Boyqo‘ziyev 87 kilogramm vazn toifasida kumush medal va Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi. Terma jamoamiz a’zolaridan Maksim Rafalovich, Dmitriy Shokin, Umida Abdullayeva, Natalya Mamatova o‘z vazn toifasida sovrinli o‘rinlarni egalladi.