«Jasorat maktabi»da yangi mavsum
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida «Jasorat maktabi» 10 kunlik harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inining 3-mavsumi boshlandi.
[gallery-31359]
O‘quv yig‘inida vaqtincha ishsiz, uyushmagan hamda profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularda Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari O. Bozorov ishtirok etib, yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etdi.
Ularga yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, Vatanga sadoqatli va munosib farzandlar bo‘lib kamol topishlarini tiladi.
O‘quv yig‘inining ochilish marosimida harbiy orkestr va faxriy qorovul jamoalarining chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, harbiy-texnik vositalar hamda «Vatanparvar» tashkilotining o‘quv-mashq avtomobillari ko‘rgazmasi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
10 kun davom etadigan yig‘inda profilaktik hisobda turuvchi 100 nafar yosh ishtirok etmoqda.
Hotam Mamadaliyev(surat),O‘zA