Jahon chempionati: Shahobiddin Zoirov finalda!
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlariga start berildi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlariga start berildi.
-52 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov terma jamoamiz vakillaridan birinchi bo‘lib final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Fransiyalik Belal Bennama bilan bahs olib borgan bokschimiz o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibidan ustun ekanligini isbotlab berdi.
Hamyurtimiz oltin medal uchun kechadigan bahsda Saken Bibissonov (Qozog‘iston) va Amit (Hindiston) o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.