Iyun oyida kredit foiz stavkalari qanday o‘zgardi? (+video)
Markaziy bank ma’lumotlari asosida iyun oyida banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari dinamikasi tahlil qilindi.
Chakana kreditlar bo‘yicha:
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka oy boshida 29,4% darajasida shakllangan bo‘lsa, oy oxiriga kelib 28,9%ga pasaydi.
Avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka oy davomida deyarli o‘zgarmadi va 21,5–21,6% atrofida shakllandi.
Ikkilamchi ipoteka kreditlari bo‘yicha esa oy o‘rtasida qisqa muddatli o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, oy yakunida foiz stavkasi 22,1%gacha pasaydi.
Yuridik shaxslar bo‘yicha:
Asosiy vositalar xaridi uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka oy boshidagi 22,5%dan oy oxirida 22,6%ga yetdi.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha stavka oy davomida biroz pasayib, 23,1%dan 22,9%ga tushdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/odtLsDlI_LE" title="Iyun oyida kredit foiz stavkalari qanday o‘zgardi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, I. Ismatov (video), O‘zA