“Italpress”: Tripoli qirg‘oqlari yaqinida 43 nafar muhojir qutqarib qolindi
Liviya Sohil xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilishicha, Tripoli qirg‘oqlari yaqinida nosoz holatdagi qayiqda bo‘lgan 43 nafar noqonuniy migrant qutqarib qolindi.
Axborot hamkorimiz - “Italpress” yozishicha, qutqarilganlar Afrika mintaqasi mamlakatlari fuqarolari bo‘lib, ularning orasida 16 nafar ayol va 5 nafar yosh bola bor.
Qo‘shma operativ markaz bergan xabar asosida olib borilgan ushbu qutqaruv amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangan va migrantlar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA