Hindistonda qo‘lbola spirtli ichimlikdan ommaviy zaharlanish: 12 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Madxya-Pradesh shtatiga qarashli Sagar tumanida qalbaki alkogoldan ommaviy zaharlanish oqibatida kamida 12 kishi vafot etdi, 10 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bergan.
Mahalliy hokimiyat hodisa yuzasidan surishtiruv boshlagan, fojia sababi sud-tibbiy ekspertiza xulosasidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Ushbu fojia ortidan hududdagi olti spirtli ichimlik do‘koni faoliyati zudlik bilan to‘xtatildi.
Shtat bosh vaziri Moxan Yadav soxta sarxush ichimlik sabab yuz bergan o‘lim holati bo‘yicha batafsil tekshiruv o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatma berganini aytdi. Ta’kidlanishicha, mazkur jinoyatga aloqador aybdorlarga nisbatan og‘ir qonuniy chora ko‘riladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA