Italiya Germaniyadan "mehmonlar" uchun xun so‘radi
Italiya xususiy qutqaruv kemalari olib kelgan migrantlar uchun Germaniyadan badal talab qilmoqda. Rim ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil oktabrdan beri yordam tashkilotlari mamlakatga 22 500 ga yaqin muhojir olib kirgan. Xususiy kemalarda jami 42 300 kishi kelgan.
IIV hisobotida GFR tashkilotlarining ulushi umumiy holatning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Germaniya bayrog‘i ostida harakatlangan qit’adagi boshqa tashkilotlar kemalari ham qariyb 4 500 migrant olib kirgani keltirilgan. Xullas, Rim xususiy qutqaruv kemalari orqali kelganlarning uchdan ikki qismi Germaniya zimmasida, deb hisoblamoqda.
Ichki ishlar vaziri Matteo Pyantedozi Berlinni xarajatni bo‘lishishga chaqirdi. Avval Italiya orqali Yevropa Ittifoqiga kirgan va keyin GFRdan boshpana so‘ragan uch kishini qabul qilish masalasini ham shu talab bilan bog‘lamoqda. Yangi qoidaga ko‘ra, odatda boshpana so‘rovini birinchi kirish mamlakati ko‘rib chiqishi kerak. Faqat ayrim istisnolar mavjud.
Ushbu bahs asnosida O‘rta yer dengizidagi xavf ham saqlanib qolmoqda. Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lum qilishicha, yil boshidan beri Markaziy O‘rta yer dengizi yo‘nalishida kamida 872 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Yordam tashkilotlari aslida bu raqam yanada yuqoriligini taxmin qilyapti.
Musulmon Ziyo, O‘zA