Ispaniya terma jamoasi Lamin Yamalni maydonga tushishi masalasida tavakkal qilmaydi
Ispanlar Lamin Yamalni 3-turga kelibgina maydonga tushirishi rejalashtirilmoqda.
Ispaniya milliy terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Lamin Yamal jahon chempionati startini o‘tkazib yuboradi.
So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida Yamalning jarohatdan tiklanib safga qaytishi masalasi keng muhokama qilinmoqda. Mundo Deportivo bergan xabarlarga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi mundial startida tavakkal qilishni istamaydi va Lamin Yamalni 3-turga kelibgina maydonga tushirishi rejalashtirilmoqda. Shu sababdan hujumchi dastlabki ikki turda "qizil furiya"ga yordam bera olmaydi.
Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Kabo-Verde, Urugvay va Saudiya Arabistoni bilan bahslarda ishtirok etadi.