Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Lamin Yamalning mundialga tayyorligi borasida bayonot berdi
Guruh bosqichining ilk turida "qizil furiya"ga Kabo-Verde terma jamoasi raqiblik qiladi.
Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026-yilgi jahon chempionati starti arafasida Kataloniyaning "Barselona" klubi va terma jamoaning 18 yoshli yulduzi Lamin Yamalning ayni paytdagi holatiga baho berdi.
"U belgilangan grafikdan oldinroq tiklanmoqda. Kun sayin Laminning holati yaxshilanib bormoqda. O‘ylaymanki, Yamal mundialdagi dastlabki uchrashuvgacha eng maqbul sport formasiga kirib ulguradi", — dedi bosh murabbiy.
Guruh bosqichining ilk turida "qizil furiya"ga Kabo-Verde terma jamoasi raqiblik qiladi. Mazkur uchrashuv 15-iyun kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.