Messi Argentinaning mundialdagi ilk o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda
Jazoirga qarshi uchrashuv chorshanba, 17-iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.
Amaldagi jahon chempioni — Argentina milliy terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Jazoir terma jamoasiga qarshi bahsga hozirlik ko‘rmoqda. Mazkur uchrashuv chorshanba, 17-iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.
Taniqli jurnalist Esteban Edul bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bosh murabbiy Lionel Skaloni jamoa sardori Lionel Messini uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq maydonga tushirishni rejalashtirmoqda. Argentinaliklarning Jazoirga qarshi taxminiy boshlang‘ich tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Darvozabon: Emiliano Martines
Himoyachilar: Nahuel Molina, Kristian Romero, Nikolas Otamendi, Fakundo Medina
Yarim himoyachilar: Rodrigo de Paul, Enso Fernandes, Aleksis Mak Allister
Hujumchilar: Tyago Almada, Lionel Messi, Xulian Alvares
"Albiseleste" guruh bosqichining 2-turida Avstriya terma jamoasiga qarshi (22-iyun) maydonga tushsa, guruhdagi yakuniy uchrashuvni 28-iyun kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.