"Islom -tinchlik va ezgulik dini" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi (+video)
Xabaringiz bor, joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida "Islom – tinchlik va ezgulik dini" mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 19 sentyabrda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida: "Diyorimiz jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, islomni ilm-ma’rifat va tinchlik dini sifatida namoyon etgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy singari ulug‘ alloma va mutafakkirlar vatani ekani bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Shunday buyuk olimlarning boy merosini o‘rganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 2024 yil O‘zbekistonda "Islom – tinchlik va ezgulik dini" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusini ilgari suramiz", deya ta’kidlagan edi.
Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Bu ezgu taklif natijasi o‘laroq, 2024 yilning 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida "Islom – tinchlik va ezgulik dini" mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda. Anjuman ishida Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, O‘mon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etishi kutilmoqda.
Bugungi lavhamizda ushbu konferensiyaning ahamiyati, asosiy maqsad va vazifalari haqida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov bilan suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/wG883xrNOqE?si=O-lUHoCEE9Hm2r4-" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (O‘zA)