Isitiş tizimining barqaror işlaşi nazoratga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus tumani “Örnakli makon” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan 4-sonli umumiy örta taʼlim maktabining isitiş tizimidagi nosozlik böyiça murojaat tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unda qayd etilişiça, mazkur murojaat tegişli mutaxassislar tomonidan batafsil örganildi. Maktab 2 ta öquv binosidan iborat bölib, birinçi öquv binosi tabiiy gaz va kömir yoqilğisida, ikkinçi öquv binosi esa elektr energiyasi asosida işlaydigan issiqlik nasosi qozonlari orqali isitiladi.
Örganişlar davomida maktabning birinçi öquv binosida örnatilgan gaz hisoblagiç uskunasi joriy yilning 13-noyabr sanasidan boşlab nosoz holga kelganligi aniqlangan. Şu munosabat bilan “Nukus şahar gaz” gaz taʼminoti bölimiga murojaat qilingan. Tegişli mutaxassislar tomonidan gaz hisoblagiç uskunasi közdan keçirilib, texnik sabablarga köra işdan çiqqanligi aniqlangan va bu böyiça dalolatnoma rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, tuman moliya bölimi tomonidan iqtisod qilingan mablağlar hisobidan G25 rusumli yangi gaz hisoblagiç uskunasini sotib oliş uçun zarur mablağ ajratilgan. Hozirda uni xarid qiliş işlari olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda maktabning birinçi öquv binosini isitiş uçun bir tonna kömir yetkazib berilgan va bino vaqtinça kömir yordamida isitilmoqda. Ikkinçi öquv binosida esa elektr energiyasi asosida işlaydigan issiqlik nasos uskunalari orqali isitiş jarayoni davom etmoqda.
Ayni paytda maktab binolarida isitiş tizimining barqaror işlaşini taʼminlaş böyiça tegişli çoralar körilmoqda.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri