Ishsiz qarzdorlar bandligi ta’minlanmoqda
Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan ishsiz aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari ish yurituvida mavjud bo‘lgan sud qarorlari bo‘yicha jami 14 ming 177 nafar aliment to‘lovchi shaxs mavjud bo‘lib, ularning 3 ming 457 nafari ishsiz qarzdorlar hisoblanadi.
Ushbu qarzdorlarni ish bilan ta’minlash maqsadida hokimlik, bandlik boshqarmasi va byuro o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolangan bo‘lib, unga asosan hududlarda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida 475 nafar aliment to‘lovchi ishsiz qarzdorlar ishga joylashtirilgan.
Shuningdek, sanoat va servis korxonalarida ishlash xohishi bo‘lgan 285 nafar, xorijda ishlash istagi bo‘lgan 25 nafar aliment to‘lovchilarning ro‘yxatlari shakllantirilib, hozirda ularni daromadli ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri