Ishlab chiqarish ko‘lami oshiriladi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi Axsikent mahallasida joylashgan “Zam Zam” korxonasi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yganiga 5 yildan oshdi. Dastlab 10 kishi bilan ish boshlagan mazkur korxonada bugunga kelib, 30 nafar kishining ish bilan bandligi ta’minlangan.
[gallery-30432]
Bu yerda erkaklar va bolalar uchun mavsumiy kiyimlar hamda kostyum-shim ishlab chiqariladi. Oyiga 3000 donagacha tayyor mahsulot ichki bozorga yetkazilmoqda.
Tadbirkor hozirda faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish harakatida.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA