Irving Losano Italiyaga ketmoqchi
Eyndxovenning ”PSV” klubi aʼzosi Irving Losano faoliyatini Italiyaning ”Napoli” jamoasida davom ettirishi mumkin
Eyndxovenning ”PSV” klubi aʼzosi Irving Losano faoliyatini Italiyaning ”Napoli” jamoasida davom ettirishi mumkin.
“Napoli” 23 yoshli meksikalik hujumchining transferi borasida Gollandiya klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. ”PSV” ushbu futbolchi uchun 40 million yevro soʻramoqda.
Maʼlumot uchun, Losano ”PSV” safida 2017 yildan buyon toʻp tepib kelmoqda. U joriy mavsum jami 34ta oʻyinda ishtirok etdi va oʻz hisobiga 19ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qoʻyishga erishdi.