Iqtidorli yoshlar saralanmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida 2026/2027 o‘quv yili uchun “Jasorat maktablari”ga qabul jarayonlarining navbatdagi muhim bosqichi — test sinovlari o‘tkazilmoqda. Unda nomzodlarning bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi, tahlil qilish qobiliyati hamda intellektual salohiyati belgilangan tartib asosida baholanyapti.
Joriy o‘quv yilida viloyatda faoliyat yuritayotgan 13 ta “Jasorat maktabi” uchun jami 338 ta qabul kvotasi ajratilgan. Ushbu o‘rinlar uchun 1128 nafar talabgor hujjat topshirgani iqtidorli yoshlarning mazkur ta’lim muassasalariga qiziqishi yuqori ekanini ko‘rsatadi.
[gallery-30197]
Test sinovlari shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, jarayonda ishtirokchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Saralash natijalariga ko‘ra eng munosib nomzodlar qabulning keyingi bosqichlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA