Iqtidorli yoshlar saralandi
FOTOREPORTAJ
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kelajak markazlari tashabbusi bilan yosh iste’dodlarni kashf etish va milliy san’atni keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “Iqtidor” maktab ansambli tanlovining Buxoro viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda viloyatning shahar va tumanlaridan 6–10 yosh toifasidagi 13 ta jamoa ishtirok etdi.
O‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni milliy musiqa san’atiga jalb etish hamda estetik didini shakllantirishga xizmat qilgan tanlovda ishtirokchilar jamoalar tarkibida o‘zbek milliy cholg‘u asboblarida jonli ijroda musiqiy asarlar namoyish etdi.
[gallery-29201]
Sahnada yangragan kuy-qo‘shiqlarda milliy an’analar va zamonaviy talqin uyg‘unligi aks etib, tomoshabinlarga o‘ziga xos badiiy zavq bag‘ishladi. Yosh ijrochilar nafaqat ijro mahorati, balki sahna madaniyati va jamoaviy hamjihatlikni ham namoyon etdi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, barcha chiqishlar jonli ijroda amalga oshirildi. Ishtirokchilar chiqishlari tajribali hakamlar hay’ati tomonidan 40 ballik tizim asosida baholandi. Eng munosib jamoalar saralanib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA