Inson huquqlari doimiy himoyada
Mamlakatimizda barça sohalar qatorida sud-huquq tizimini takomillaştiriş böyiça tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şu maʼnoda Prezidentimizning “Odil sudlov – 2030”: Yangi Özbekistonda inson huquqlarini işonçli himoya qiluvçi xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş strategiyasi töğrisida”gi Farmonini alohida qayd etiş lozim.
Mazkur hujjatda qayd etilganidek, Yangi Özbekistonda inson qadrini uluğlaş, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilişni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş hamda sud protsessiga zamonaviy huquqiy mexanizm va institutlarni joriy qiliş orqali xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş, şuningdek, “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan odil sudlovga oid strategik maqsadlarni izçil amalga oşiriş boş maqsaddir.
Ustuvor yönalişlardan biriga köra, “xalqçil sud” – sudlar faoliyatining şaffofligi, sud jarayonlari va sud faoliyatiga oid axborotdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş orqali sud tizimining oçiqligini taʼminlaş va jamiyatda sudga bölgan mutlaq işonçni qaror toptiriş, sudlarni byurokratiyadan butunlay xoli tizimga aylantiriş belgilandi.
Şuningdek, “adolat qörğoni” – inson huquqlari ustuvorligini sözsiz taʼminlaydigan, har qanday taʼsir va aralaşuvlardan xoli, mustaqil odil sudlov tizimini mustahkamlaşni nazarda tutadi.
“Kafolatlangan adolat” – qonuniy, adolatli va asoslantirilgan sud qarorlarini qabul qiliş, ularning sifati va barqarorligini taʼminlaş orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini sudda tiklaş kafolatlarini kuçaytiriş ustuvor yönalişlardan biri etib belgilandi.
Farmonda belgilangan muhim jihatlardan yana biri, bu “raqamli odil sudlov” – sud iş yurituvini töliq raqamlaştiriş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş orqali fuqarolar uçun ortiqça ovoragarçiliklarsiz, qulay va tezkor sud muhokamasi imkoniyatini yaratiş nazarda tutildi.
Şuningdek, farmon bilan sud qarorlarini qayta körib çiqiş tizimida ham muhim özgarişlar belgilanmoqda. Xususan, 2027-yil 1-iyuldan boşlab umumyurisdiksiya va maʼmuriy sudlar yönalişlarida işlarni qayta körib çiqiş vakolatiga ega bölgan hududlararo sudlarni taşkil etiş nazarda tutilgan. Şu bilan birga, sud hujjatlarini apellyatsiya, kassatsiya va taftiş tartibida qayta körib çiqiş vakolatlarini qayta taqsimlaş böyiça qonunçilikni takomillaştiriş belgilangan.
Jinoyat protsessi sohasida ham sud nazoratini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilgan. 2027-yil 1-iyuldan boşlab tergov sudyasiga protsessual majburlov çoralarini qöllaş masalalarini körib çiqişda uşlab turişning qonuniyligi va asosliligini, şuningdek, şaxsga nisbatan gumon qiliş yoki ayblov eʼlon qiliş uçun asoslarning yetarliligini tekşiriş vakolatlarini beriş nazarda tutilgan.
Şuningdek, sudlarning “yagona darça” tamoyili asosida xizmat körsatiş ofislari tomonidan aholiga zarur axborotlarni bir joyning özida taqdim etiş, protsessual murojaatlar yuzasidan taşkiliy yordam körsatiş, murojaatlarni tezkor qabul qiliş va raqamli sud xizmatlaridan foydalanişda amaliy kömaklaşiş çoralari köriladi.
Bir söz bilan aytganda, Farmonda belgilangan ustuvor yönalişlar xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Şahnoza Kurbaniyazova,
Fuqarolik işlari böyiça Urganç tumanlararo sudining sudyasi.