Innovatsiyalar sari xalqaro hamkorlik
Ilm-fan bugun şunçaki bilim va kaşfiyotlar maydoni emas, balki kelajakni özgartirayotgan ulkan kuçdir. Matematika murakkab jarayonlarning yeçimini topsa, fizika tabiat qonunlarini anglaşga yöl oçadi, sunʼiy intellekt esa inson tafakkuri va imkoniyatlarini yangi bosqiçga olib çiqadi. Uşbu uç yönalişning özaro uyğunligi ilm-fan oldida yangi ufqlarni oçib, taraqqiyotning istiqbolli yönalişlarini belgilaydi. Guliston davlat universitetida ötkazilgan «Matematika, fizika va sunʼiy intellektning konvergensiyasi: innovatsiyalar va yangi paradigmalar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman aynan şu jarayonlar, yangi ilmiy yondaşuvlar va xalqaro hamkorlik istiqbollariga bağişlandi.
Universitet Madaniyat saroyida bölib ötgan anjuman turli mamlakatlar olimlarini bir ilmiy maydonda jamladi. Unda Filippin, Hindiston, Qirğiziston va Özbekistonlik olimlar, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar, doktorantlar, magistrantlar hamda iqtidorli yoşlar iştirok etişdi.

Tadbirning yalpi majlisida Guliston davlat universitetining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Dilmurod Eşmurodov zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida fanlararo hamkorlikning ahamiyatiga töxtaldi. Uning taʼkidlaşiça, matematika va fizika sohalaridagi ilmiy natijalarni sunʼiy intellekt imkoniyatlari bilan birlaştiriş yangi tadqiqotlar uçun keng yöl oçadi. Bu esa ilmiy işlanmalarning amaliy ahamiyatini oşiriş, innovatsion ğoyalarni rivojlantiriş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşda muhim omil bölib xizmat qiladi.

Xorijiy olimlarning maʼruzalari anjumanning xalqaro miqyosi va ilmiy yönalişlarini yanada boyitdi. Jumladan, filippinlik olim Borromeo Jad Endryu Asabado raqamli qatorlar böyiça olib borgan matematik tadqiqotlari bilan örtoqlaşdi. Hindistonlik olim doktor Daniş Ather esa taʼlim va ilmiy izlanişlarda sunʼiy intellektdan foydalaniş imkoniyatlariga eʼtibor qaratdi. Özbekistonlik olimlar suv resurslari bilan boğliq muammolarni matematik modellaştiriş, oliy taʼlim tizimiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini integratsiya qiliş kabi dolzarb masalalar yuzasidan maʼruzalar qilişdi.

Anjumanning yana bir muhim jihati şundaki, ilmiy muloqotlar faqat yalpi majlis bilan çeklanib qolmadi. Ikki kun davom etadigan tadbir doirasida amaliy matematika va zamonaviy matematik modellaştiriş, fizikaning dolzarb muammolari, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar, taʼlimda raqamli transformatsiya va STEAM, kiberxavfsizlik, robototexnika hamda yaşil texnologiyalarga bağişlangan şöʼbalar faoliyati ham taşkil etildi.

Uşbu yönalişlardagi muhokamalarda iştirokçilar öz tadqiqotlari, ilmiy işlanmalari va amaliy tajribalari bilan örtoqlaşişdi. Xususan, sunʼiy intellektni taʼlim va ilmiy izlanişlarga tatbiq etiş, matematik modellaştiriş orqali mavjud muammolarga yeçim topiş, raqamli xavfsizlikni taʼminlaş va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalaniş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Zero, bugun ilm-fan oldida turgan vazifalar birgina soha yoki mamlakat doirasida hal etiladigan masalalar emas. Suv resurslaridan oqilona foydalaniş, ekologik muammolarga yeçim topiş, taʼlim sifatini oşiriş va raqamli xavfsizlikni taʼminlaş kabi yönalişlarda zamonaviy ilmiy yondaşuvlar hamda xalqaro tajriba almaşinuvi alohida ahamiyatga ega.

Şu maʼnoda, anjuman doirasidagi muhokamalar ham amaliy ahamiyatga ega böldi. Fanlararo integratsiyani kuçaytiriş, qöşma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro loyihalarni amalga oşiriş, yoş olimlarni ilmiy izlanişlarga keng jalb etiş, tadqiqot natijalarini nufuzli xalqaro naşrlarda eʼlon qiliş hamda innovatsion işlanmalarni amaliyotga joriy etiş kabi masalalar ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.
— Bugun matematika, fizika va sunʼiy intellektni bir-biridan ayro tasavvur etib bölmaydi. Uşbu yönalişlarning özaro integratsiyasi ilm-fan oldida turgan murakkab vazifalarga yangi yeçimlar topiş, innovatsion ğoyalarni rivojlantiriş va ularni hayotga tatbiq etiş imkonini beradi. Anjuman doirasida mahalliy va xorijiy olimlar örtasida yölga qöyilgan ilmiy muloqot va tajriba almaşinuvi kelgusidagi qöşma tadqiqotlar uçun mustahkam zamin yaratadi, — deydi Guliston davlat universitetining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Dilmurod Eşmurodov.

Darhaqiqat, xalqaro ilmiy hamkorlikning qiymati faqat özaro fikr almaşiş bilan belgilanmaydi. Uning haqiqiy samarasi yangi tadqiqotlar, qöşma loyihalar, amaliy işlanmalar va ilm-fan yutuqlarining hayotga tatbiq etilişida namoyon böladi.
Guliston davlat universitetida taşkil etilgan mazkur anjuman ham ana şu maqsadlar yölidagi muhim qadam böldi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri