Ilk ishtirokchilar aniqlandi
Poytaxtimizda “Universiada – 2016” sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bahslari o‘tkazildi.
Poytaxtimizda “Universiada – 2016” sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bahslari o‘tkazildi.Joriy yilgi Universiada dasturiga 15 sport turi – erkin, yunon-rum kurashi, taekvondo (WTF), boks, dzyudo, yengil atletika, tennis, stol tennisi, suzish, og‘ir atletika, basketbol, voleybol, futbol, shaxmat, qo‘l to‘pi kiritilgan.
Saralash musobaqalarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari mahorati yuqori ekanini namoyish etdi.