Ijodkorlar o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi
Qibray tumanida telejurnalist Sohibjon Alijonov xotirasiga bag‘ishlab shaxmat turniri o‘tkazildi.
Unda jurnalist va yozuvchilar, marhum ijodkorning shogirdlari, farzandlari hamda yaqinlari jam bo‘ldi.

So‘zga chiqqanlar Sohibjon Alijonovning hayot yo‘li va ijodini yodga oldilar.
– So‘lim go‘shada xotira turniri o‘tkazilmoqda, — dedi O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov. — Bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazishga harakat qilamiz. O‘ylaymanki, mana shunday musobaqalarning ko‘payishi jurnalistlar o‘rtasida birdamlikni yanada mustahkamlaydi.

Shaxmat turniri bahslarga boy, lekin do‘stona ruhda o‘tdi. Yakunda g‘oliblar mukofotlandi. Bu kabi musobaqalarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.
Sanjar Toshpo‘latov, O‘zA