Ijodkorga ehtirom, merosiga eʼtibor
Navoiy viloyati Nurota tumanida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi hamda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi hamkorligida jurnalist, şoir va publitsist Mahmud Mardiyev tavalludining 70 yilligiga bağişlangan xotira keçasi ötkazildi. Tadbir doirasida ijodkorning sara asarlari jamlangan «Sokin qönğiroq» kitobi taqdimoti ham bölib ötdi.
Xotira tadbiri viloyat markazidan 120 kilometr olisda, Aydarköl va toğlar bağrida joylaşgan Qizilça qişloğidagi 22-umumtaʼlim maktabida taşkil etildi. Mahmud Mardiyev şu qişloqda tuğilib ösgan va mazkur maktabda tahsil olgan.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, ijodkorlar, keng jamoatçilik vakillari hamda öquvçi-yoşlar iştirok etdi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi raisi Otabek Aslonov Mahmud Mardiyevning hayoti va ijodiy faoliyati, viloyat matbuoti rivojiga qöşgan hissasi hamda adabiy merosi haqida söz yuritdi. Şuningdek, «Sokin qönğiroq» kitobini naşrga tayyorlaş va çop etişda faol iştirok etgan ustoz jurnalist Salima Umarovaning xizmatlari alohida eʼtirof etildi.
– Bunday tadbirlar nafaqat ijodkorlar xotirasini yod etiş, balki yoş avlodda kitobga, adabiyotga va maʼnaviy merosga hurmat tuyğusini mustahkamlaşda ham muhim ahamiyatga ega, - deydi Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi Ruslan Saburov. – Mahmud Mardiyevning ijodiy merosi, hayot yöli va jurnalistik faoliyati yoşlar uçun ibrat maktabi bölib xizmat qiladi.
Xotira keçasida ijodkorning hayoti va faoliyati bilan boğliq xotiralar yodga olindi. Maktab öquvçilari uning Vatan, tinçlik, mehr-muhabbat va ezgulikni tarannum etuvçi şeʼrlaridan namunalar öqidi.
[gallery-32318]
Tadbir yakunida maktab kutubxonasiga «Sokin qönğiroq» kitobidan nusxalar taqdim etildi.
Siroj ASLONOV (suratlar), ÖzA