Ichki sayohatga chegirma e’lon qilindi
Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2023 yil 19-23 mart kunlari hamyurtlarimiz dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlari uchun, ularni ichki turizm yo‘nalishlarida sayohatga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirma joriy qilindi. Xususan, “Uzbekistan Airways” AJ mamlakatimiz aholisi uchun 18-22 mart kunlari yurtimiz bo‘ylab amalga oshiriladigan mahalliy havo qatnovi da tejamkor va biznes toifasi tarifiga 21 foiz chegirma e’lon qildi.
Arzon chiptalarni "www.uzairways.com" sayti “UzAirways” mobil ilovasi, "Uzbekistan Airways Sales” filiali orqali yoki aviakompaniya agentliklaridan xarid qilish mumkin.
Shuningdek, Madaniy meros agentligi tomonidan bayram kunlarida agentlik tizimidagi davlat muzey hamda direksiyalari kirish chiptasiga 10 foiz chegirma taqdim etilyapti.
“Vaqf” xayriya jamoat fondiga qarashli va pulli kirish chiptasi joriy qilingan madaniy meros ob’ektlari – ziyoratgoh va qadamjolarda 18-22 mart kunlari yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptasi narxidan kattalar uchun 20 foiz, yoshlar uchun 50 foiz chegiriladi.
O‘zA