Hurmuz böğozidagi hujumlar xalqaro savdo xarajatlarini oşirmoqda
Hurmuz böğozida savdo kemalariga uyuştirilayotgan hujumlar dengiz qatnovi xavfsizligiga jiddiy tahdid solib, energiya resurslarini taşiş xarajatlarini oşirmoqda. Vaziyat yuk taşiş kompaniyalarini xavfli yönalişdan foydalaniş yoki yetkazib berişni keçiktiriş örtasida tanlov qilişga majbur etmoqda.
“DW” naşri xabar berişiça, Eron atrofidagi harbiy mojarolar şaroitida böğoz orqali savdo qatnovi davom etayotgan bölsa-da, uning barqarorligi Tehronning hujumlarni davom ettiriş imkoniyatlari hamda AQŞning kemalar xavfsizligini taʼminlaş salohiyatiga boğliq.
Siyosiy ekspert Ali Muhammadiy fikriça, Eronning geografik joylaşuvi va harbiy imkoniyatlari kemalarga tahdid solişni davom ettirişga şaroit yaratadi. Biroq uruşning iqtisodiy oqibatlari Tehron uçun asosiy çeklovçi omil bölib qolmoqda.
— Hurmuz böğozida Eron duç kelayotgan çeklovlar harbiy emas, köproq iqtisodiy xususiyatga ega. Mojaroning çözilişi mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazadi, -deydi u.
Muhammadiyning taʼkidlaşiça, böğozni töliq yopiş Eronning özi uçun ham siyosiy va iqtisodiy jihatdan qimmatga tuşişi mumkin. Çunki bunday qadam ittifoqçi davlatlar manfaatlariga ham zid keladi.
Tahlilçi Eron dengiz qatnoviga tahdid orqali raqiblariga iqtisodiy bosim ötkaziş va muzokaralarda ustunlikka erişişga intilişi mumkinligini qayd etgan. Biroq bu strategiya qarşi tomonni yon berişga majbur qilişini kafolatlamaydi.
Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo operatsiyalari markazi (UKMTO) maʼlumotiga köra, 10-noyabr kuni Ömon sohillari yaqinida tanker nomaʼlum snaryad zarbasiga uçragan. Ekipaj aʼzolari jabrlanmagan. 11-noyabrda esa Hurmuz böğozida yana bir tanker bilan boğliq hodisa qayd etilgan.
Xalqaro dengiz taşkiloti (IMO)ning rasmiy maʼlumotlarida Yaqin Şarq mintaqasida kemalar bilan boğliq 133 ta tasdiqlangan hodisa va dengizçilar orasida 25 ta ölim holati qayd etilgan.
Mutaxassislar fikriça, xavfsizlik bilan boğliq vaziyatning keskinlaşuvi suğurta va transport xarajatlarini oşirib, xalqaro energiya bozoridagi noaniqlikni kuçaytirişi mumkin.
A.Mamatov, ÖzA