Ğazoda toşqinlar minglab kişilarni oğir ahvolga soldi
Ğazo hududida kuçli yomğir va şamol oqibatida yuzaga kelgan toşqinlar sababli muhojirlar çodirlari hamda ayrim binolar qulab tuşdi.
BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi (OSHA) maʼlumotlariga köra, hozirda Ğazo aholisining 65 foizi, yaʼni qariyb 1,4 million kişi vaqtinçalik çodirlarda kun keçirmoqda.
Ayrim hududlarda suv sathi 1,5 metrgaça kötarilgan. Fuqaro muhofazasi xizmatiga kelib tuşgan 2 166 ta yordam çaqiruvidan faqat 218 tasiga javob berişning imkoni bölgan. Şuningdek, 55 ta öquv maydonçasi, tibbiyot muassasalari suv ostida qolgan, baʼzi tibbiy guruhlar işini töxtatişga majbur bölgan.
Eng açinarlisi, toşqin suvlari oqibatida kanalizatsiya suvlari toşib, aholining kiyim-keçak va töşaklarini ifloslantirgan, şuningdek, suv oqimi portlamay qolgan snaryadlarni yuzaga çiqarişi yoki boşqa joyga surib ketişi xavfini oşirgan.
BMT va uning hamkor taşkilotlari drenaj tizimlarini yaxşilaş, hududlarni qum qoplari bilan mustahkamlaş va şoşilinç yordam yetkaziş işlarini olib bormoqda. Tuzilma vakillari va maxsus koordinatorlar Isroillik mutasaddilarni nazorat-ötkaziş punktlari orqali zarur suv nasoslari, oğir texnika, ehtiyot qismlar, brezent va qişki kiyim-keçaklar kabi insonparvarlik yordamlarini tösiqsiz va tezkorlik bilan ötkazişga çaqirmoqda.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA