Humoyun Sultonov Unversiadada kumush medalni qoʻlga kiritdi
Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Universiada-2019 oʻyinlarining oʻninchi kunii ham yakunlandi.
Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Universiada-2019 oʻyinlarining oʻninchi kunii ham yakunlandi.
Unda tennis boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslari finalida H.Sultonov Xitoy Taypeyi vakili Tseng Chun-Xsinga qarshi kortga chiqib, birinchi setida tay-breykda gʻalaba qozongan boʻlsa, ikkinchi va uchinchi setlarda 6:3, 6:1 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻydi hamda terma jamoamizga kumush medalni keltirdi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqaning juftlik bahslarida Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev juftiligi Oʻzbekistonning Universiada oʻyinlari tarixidagi tennis boʻyicha ilk medalini, oltin medalini qoʻlga kiritishgan edi.
Shu tariqa, Unversiadaning tennis boʻyicha erkaklar oʻrtasida vakillarimiz bittadan oltin va kumush medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa oʻrtasida birinchi oʻrinni egalladi.