O‘zbekiston futboli afsonalari jahon yulduzlarini mag‘lub etdi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizda futbol muxlislari uchun unutilmas sport bayrami bo‘lib o‘tdi. «Bunyodkor» stadionining sun’iy maydonida O‘zbekiston futboli afsonalari hamda jahon futboli yulduzlari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.
Muxlislar olqishi ostida kechgan, keskin kurash va hujumlarga boy bahsda O‘zbekiston futboli afsonalari raqiblarini 5:4 hisobida mag‘lub etib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
[gallery-31244]
Uchrashuv davomida Leonid Koshelev, Nodir Eliboyev, Hikmat Hoshimov, Azamat Abduraimov va Jasur Hasanov bittadan gol kiritib, jamoa g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Jahon futboli afsonalari safida esa braziliyalik Oskar xet-trik rasmiylashtirgan bo‘lsa, Italiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Vinchenso Yakvinta yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, ikki avlod va ikki futbol maktabi vakillari ishtirokidagi do‘stona bellashuv O‘zbekiston futboli afsonalarining 5:4 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Mazkur uchrashuv nafaqat futbol ixlosmandlariga yuqori kayfiyat ulashdi, balki sport orqali do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini yana bir bor namoyon etdi.
Sarvar O‘RMONOV (surat), O‘zA