Hududiy rivojlaniş va aholi manfaatlari — deputatlar eʼtiborida
Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşining navbatdagi sessiyasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, transport xizmatlari barqarorligini taʼminlaş hamda tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator masalalar körib çiqildi.
Xususan, yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi korxonalar tomonidan şahar atrofi va viloyat içidagi şaharlararo avtobus yönalişlarida xizmat körsatiş natijasida körilgan zararlarni subsidiyalar ajratiş orqali qoplab beriş masalasi muhokama qilindi. Bunda yölovçi taşiş xizmatlarining barqarorligini taʼminlaş, aholiga transport xizmatlarining uzluksiz körsatilişini qöllab-quvvatlaş hamda taşuvçilar faoliyatini rağbatlantiriş muhim vazifalar sifatida belgilandi.

Kun tartibidan örin olgan yana bir muhim masala viloyatda 2026-yil uçun belgilangan “Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman, şahar, mahallalar” hamda “Oğir toifadagi tuman, şahar va mahallalar” dasturlari doirasida amalga oşirilayotgan loyihalar parametrlariga özgartirişlar kiritiş bilan boğliq böldi.
Mazkur masala muhokamasida hududlardagi mavjud ehtiyoj va ustuvor vazifalardan kelib çiqib, belgilangan loyihalar körsatkiçlarini qayta körib çiqiş, ularning ijrosini samarali taşkil etiş masalalariga eʼtibor qaratildi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangiça yondaşuvlar asosida rivojlantiriş orqali aholi daromadini oşiriş, barqaror iş örinlarini yaratiş hamda kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini joylarda tizimli taʼminlaş yuzasidan fikr almaşildi.

Şu bilan birga, tadbirkorlik subʼektlariga soliq tölovlari muddatlarini özgartiriş imkoniyatini beriş masalasi ham körib çiqildi.
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan barça masalalar yuzasidan masʼullarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atrofliça muhokama qilindi. Körib çiqilgan masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.
A.Musayev,ÖzA