Hossam Hassan: “Adolat qaror topishiga umid qilamiz”
Hossam Hassan JCH–2026 1/8 finalida Argentina milliy terma jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng hakamlik va bahsli vaziyatlar haqida fikr bildirdi.
Hossam Hassan JCH–2026 1/8 finalida Argentina milliy terma jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng hakamlik va bahsli vaziyatlar haqida fikr bildirdi.
"Biz amaldagi jahon chempionlariga qarshi o‘ynadik. Shubhasiz, ular g‘alaba qozondi, biroq bizning ham o‘z uslubimiz bor va turnir boshidan buyon uni barcha raqiblarga qarshi namoyish etib keldik.
Ha, xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ammo eng achinarlisi, bu uchrashuvda munosib bo‘lgan natijamizni qo‘lga kirita olmadik. Men barcha futbolchilarga minnatdorlik bildirdim. Ularning sa’y-harakatlaridan juda mamnunman. Ayniqsa, jamoamiz asosan milliy chempionat futbolchilaridan iborat, boshqa terma jamoalarning aksariyat futbolchilari esa Yevropada to‘p suradi.
Adolat qaror topishiga umid qilamiz. Belgiyaga qarshi ilk o‘yinda ham bizga nisbatan adolatsiz qarorlar qabul qilingandi, bugun esa yana jiddiy hakamlik xatolaridan jabr ko‘rdik. Muxlislarimizga shuni aytaman: bu jamoa bilan faxrlaning. Sizlarda hech bir raqibdan qo‘rqmaydigan terma jamoa bor", — dedi Hassan.
Eslatib o‘tamiz, Misr JCH–2026 bilan xayrlashgan bo‘lsa, Argentina milliy terma jamoasi chorak finalda Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi.