Hokim yordamchisi Chori Jo‘raqulov: Odamlar boshida bizga ishonmagan edi (+video)
Toshkent shahar Yashnobod tuman hokim yordamchisi Chori Jo‘raqulov (Ahmad Yassaviy mashallasi) o‘ziga biriktirilgan mahallada amalga oshirgan ishlari haqida so‘zlab berdi.
Hokim yordamchisi Chori Jo‘raqulov Ahmad Yassaviy MFYda istiqomat qilayotgan odamlar farovonligini oshirish bo‘yicha bir qancha tahsinga sazovor ishlar amalga oshirgan.
U mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish joylarini yaratishga e’tibor qaratib, yer, kredit, infratuzilma, kasbga o‘qitish va boshqa zaruriy ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘ygan. Asosan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratib tadbirkorlik obe’ktlarini ham tashkil etganiga guvohi bo‘ldik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fmyXYkZQi0k" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Tadbirkorlik obe’ktlarni esa infrastrukturaga ta’sir qilmagan holda ko‘p qavatli inshootlarning bo‘sh yotgan yerto‘lasi (podval)da qurishni joriy etgan.
“Boshida odamlar bizga ishonmagan edi. “Qanchadan-qancha amaldorlar kelib-ketdi, hech narsa o‘zgarmadi. Bundan keyin o‘zgararmidi” deganlar ham bo‘ldi. Keyinchalik, bir nechta tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yganimizdan so‘ng odamlar oldimizga kelishni boshladi”, dedi hokim yordamchisi Chori Jo‘raqulov.
Sh.Otaboyev, N.Abduvoitov (video), O‘zA