Hokim kubogida kimlar g‘olib bo‘ladi?
Poytaxtimizdagi “Renessans kino uyi”da “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun shaxmat bellashuvlari davom etmoqda.
300 nafardan oshiq ishtirokchi qatnashayotgan xalqaro turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 300 million so‘mni tashkil etadi.
Shaxmatchilar o‘z reyting darajalari bo‘yicha 3 ta guruhga bo‘lingan holda bahslashmoqda. “Masters” guruhida 7 turdan so‘ng, hindistonlik shaxmatchi Bashkaran Adhiban yakka peshqadam bo‘lib turibdi. U 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘argan. 5 ochko to‘plaganlar soni esa 6 nafar. Ular orasida hamyurtlarimiz hozircha yo‘q.
[gallery-20964]
“Challengers” guruhida 7 imkoniyatdan 7 ochko to‘plagan hamyurtimiz Shavkatjon Abduxoliqov guruhda yetakchi bo‘lib turibdi. Biloliddin Obidov bilan Saidxon Oshiqmamutov hisobida 6 ochko bor.
“Age Group” guruhida 6,5 ochko to‘plagan Islombek Husanov guruhda yetakchi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari 22 dekabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA