Hindiston Rossiyadagi mehnat migrantlari soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi
“Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi va “Intrud” kompaniyalar guruhi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, bu yil Hindiston mehnat migrantlari soni bo‘yicha Rossiyada ishlash uchun fuqarolari viza talab qiladigan mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Ilgari ishchilar, kompaniya xodimlari va tadbirkorlarning an’anaviy manbai bo‘lgan Xitoy bu borada yetakchi, Hindiston esa ikkinchi o‘rinda edi.
Hisobotda 2026-yil Xitoy fuqarolariga 89 057 ish o‘rni ajratilgani, Hindiston fuqarolari uchun esa ayni ko‘rsatkich 90 384 ni tashkil etgani keltirilgan. Jami ruxsatnoma esa 278 940 tani tashkil etgan.
S.Rahimov, O‘zA