AQSH va Eron: sanksiyalar yumshatildi, yadroviy kelishuv esa bahsli qolmoqda (+video)
AQSH Eronning neft va neft mahsulotlari savdosiga nisbatan yillar davomida qo‘llab kelgan sanksiyalarni 60 kunga vaqtincha to‘xtatdi, deb xabar berdi VVS nashri.
AQSH Moliya vazirligi 21-avgustga qadar Eron nefti va neft mahsulotlari mahsulotlari bilan dollar orqali savdo qilish, shuningdek, bank va sug‘urta xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beruvchi maxsus litsenziya berdi. Bu orqali Eron neftini yetkazib berish jarayonida vositachilarga ehtiyoj kamayadi, hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish imkoni ham paydo bo‘ladi.
AQSH va Eron o‘rtasida 17-avgustda imzolangan anglashuv memorandumida Vashington Eronga nisbatan barcha turdagi sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish majburiyatini olgani qayd etilgan.
Hujjatga ko‘ra, vaqtinchalik davrda AQSH sanksiyalarni yumshatish bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak. AQSH Moliya vazirligi buni amalga oshirish yo‘lida birinchi qadam sifatida litsenziya bergan.
Memorandumda Eron ham 60 kun ichida Hurmuz bo‘g‘ozini yopmaslik va Xalqaro atom energetika agentligi inspektorlariga yo‘l ochish majburiyatini olgani aytilgan.
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning ma’lum qilishicha, xalqaro atom energetika agentligi inspektorlarini Eronga qayta kiritish bo‘yicha muzokaralar yaqin kunlarda boshlanishi mumkin. Biroq Eron bu da’volarni rad etdi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi AQSH bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda yadroviy dastur bo‘yicha yangi majburiyatlar qabul qilinmaganini bildirdi.
Eron hukumati Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlik faqat milliy parlament va milliy xavfsizlik kengashi belgilagan mavjud qoidalar asosida amalga oshirilishini ta’kidladi. Hozircha agentlik bu vaziyatga izoh bermagan.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/JK8C-48BHis" title="AQSH va Eron: sanksiyalar yumshatildi, yadroviy kelishuv esa bahsli qolmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA