Hindiston Nepalga 1,62 milliard dollarlik yordam ajratadi
Hindiston Nepalga 240 milliard rupiy – 1,62 milliard dollar miqdorida iqtisodiy yordam ajratadi. Bu haqda Boş vazir Narendra Modi duşanba kuni Nyu-Dehlida hamkasbi Balendra Şoh bilan uçraşuvdan söng maʼlum qildi.
Mazkur yordam avgust oyida kuzatilgan, taxminan 1 500 kişi halok bölgan, 5 200 odam yöqolgan vayronkor suv toşqinidan jabrlangan hududlarni tiklaş va mamlakatning tabiiy ofatga tayyorgarligini kuçaytirişga yönaltiriladi.
Modi mazkur taşabbusdan közlangan maqsad jabrdiyda oilalar hayotini tiklaş, yangi iqtisodiy imkoniyat yaratiş va Nepalning uzoq muddatli rivojlanişiga kömaklaşiş ekanini taʼkidladi.
Şoh fojia tufayli körsatilayotgan kömak uçun minnatdorlik bildirib, hind sarmoyadorlarini mamlakatida investitsiya loyihalarini amalga oşirişga çaqirdi.
Uçraşuvda özaro iqtisodiy hamkorlik kölamini kengaytiriş böyiça kelişuvlar imzolandi. Şuningdek, ikki davlatni boğlovçi temir yöl qatnovi işga tuşirildi. Eslatib ötamiz, 26-avgust kuni Nepalning Xitoy bilan çegara hududida muzlik yemirilişi kuçli suv toşqiniga sabab bölgan. Oqibatda qişloqlar, yöl va köpriklar vayron bölgan, juda köp uy loy ostida qolgan.
Öşanda Hindiston birinçi bölib jabrlangan hududlarga bir neça samolyotda insonparvarlik yordami yubordi, uzilgan aloqa tarmoğini tiklaşga kömaklaşdi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA