Hindiston Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
Ko‘ksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.



Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangradi.



Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.


Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
