Hayvonot olami himoyachilari fiyestaga qarshi
Dunyo bo‘ylab minglab sayyohlar 6-iyulda Navarra avtonom viloyatida joylashgan Pamplona shahrida to‘planishadi. Chunki shu kuni bu yerda Avliyo Fermin sharafiga uyushtiriladigan “fiyesta” boshlanadi.
Biroq hayvonlarning himoyachilari sayyohlarga bayramning nojo‘ya tomoni haqida eslatishga qaror qilishdi.
Dunyo bo‘ylab minglab sayyohlar 6-iyulda Navarra avtonom viloyatida joylashgan Pamplona shahrida to‘planishadi. Chunki shu kuni bu yerda Avliyo Fermin sharafiga uyushtiriladigan “fiyesta” boshlanadi.800 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan San-Fermin festivalining eng mashhur qismi shahar ko‘chalari bo‘ylab buqalar bilan yugurish va Korrida hisoblanadi. Uning xalqaro miqyosda mashhurligi 1926 yilda Ernest Xeminguey tomonidan chop etilgan “Keyin quyosh ko‘tariladi” romani bilan bog‘liq.

Biroq hayvonlarning himoyachilari sayyohlarga bayramning nojo‘ya tomoni haqida eslatishga qaror qilishdi. AnimaNaturalis tashkilotining Ispaniya bo‘linmasi direktori Aida Gaskonning Euronewsga bergan intervyusida qayd etishicha: “ertalab poygada ishtirok etgan buqalarni kechki vaqtda arenaga olib borishadi va buqalar jangi tomoshasi vaqtida ularni qiynoqqa solib o‘ldirishadi” .

Tantanalarning asosiy hodisasi – Ensyerro davomida buqalarni Pamplona ko‘chalari bo‘ylab 1 km masofagacha haydab borishadi. San Ferminda tor ko‘chalar bo‘ylab oq kiyimda buqalar bilan birga yuguriladi.

Mahalliy aholi va ko‘p sonli sayyohlar qo‘rqib ketgan hayvonlarning oldiga tushib yugurishni xush ko‘rishadi. Bu ajabtovur poygalar ko‘pincha jarohat va hatto “o‘tkir sarguzashtlar shaydolari”ning o‘limi bilan tugaydi. Ammo buqalarning taqdiri yanada achinarli: hafta so‘nggidagi an’anaviy bayramlarda 66 ta jonivor qiynoqqa solib nobud qilinadi.