Hamyurtimiz Sochidagi turnirda qatnashadi
Joriy yilning 5 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida sambo bo‘yicha xalqaro “Ittifoq mamlakatlari kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Sochidagi “Sirius Arena”da o‘tadigan mazkur nufuzli musobaqa nizomiga binoan unda har bir mamlakatdan bir nafardan sambochi taklif etilgan.
Bahslar og‘ir vazn toifasida tashkil etiladi. Sochi bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini og‘ir vaznli polvonimiz Husniddin Husanov himoya qiladi.
Ushbu musobaqada ishtirok etadigan H.Husanov va unga hamrohlik qiladigan O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov 4 dekabr kuni Sochiga jo‘nab ketadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA