Haftalik doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasi axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir Baxtli Saribayevning “Sirlasiö” nomli yangi şeʼriy töplamining taqdimoti bilan boşlandi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Yozuvçilar uyuşmasi vakillari, Nukus davlat texnika universiteti, Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Innovatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tyutorlari hamda talaba yoşlar iştirok etdi.

Taqdimotda yoş şoirning hayoti va ijodiy yöli, adabiyot maydonidagi izlanişlari, şeʼriyatga bölgan munosabati haqida fikrlar bildirildi. Şuningdek, uning yangi şeʼriy töplamining mazmuni, unda aks etgan insoniy tuyğular, hayot haqiqati muşohadalari va maʼnaviy qadriyatlar haqida söz yuritildi.

Tadbir davomida şoir şeʼrlaridan badiiy parçalar öqilib, iştirokçilarga uning poetik olami bilan yaqindan tanişiş imkoniyati yaratildi. Kitobning nomida ham çuqur maʼno bor: bu yurak bilan yurakning uçraşuvi, insonning içki his-tuyğularining badiiy söz orqali aks etişidir.
Bunday adabiy uçraşuvlar milliy adabiyotimizni keng tarğib etiş, şoirlar va öquvçilar örtasidagi aloqani mustahkamlaş, yoşlarning badiiy adabiyotga bölgan qiziqişini oşirişda muhim örin tutadi. Keça sönggida muallif tomonidan yangi kitoblaridan kutubxona fondiga sovğa qilindi.

– Haftalik davomida “Oçiq eşiklar kuni”, ekskursiyalar, kitob körgazmalari, oliy taʼlim, örta maxsus taʼlim muassasalari kutubxonaçi xodimlari uçun axborot-kutubxona faoliyati böyiça seminarlar, mahorat darslari va öquv maşğulotlari rejalaştirilgan, – deydi Qoraqalpoğiston Respublikasi axborot-kutubxona markazi ilmiy-metodika xizmati boşliği Venera Tanirbergenova. – Şuningdek, “Zamonaviy texnikum va kollej kutubxonasi: raqamli imkoniyatlar, elektron resurslar va innovatsion xizmatlar”, “Qoraqalpoğiston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida yangi usullar va tajribalar” mavzularida seminarlar, “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Kitobxon ona” davra suhbati, xalqaro axborot kuniga “Media va jamiyat” bibliografik şarh, “Maʼnaviyat soati” doirasida “Men öqigan kitob” mavzusida davra suhbati taşkil etiladi.
Şu bilan birgalikda haftalik doirasida Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi (Milliy kutubxona) va Buxoro viloyati Axborot-kutubxona markazi tomonidan ZOOM orqali “Betgerxonlik – 2026” - “Kutubxona – mutolaa va tafakkur markazi: raqamli davrda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş” mavzusida ilmiy konferensiya, “Axborot-kutubxona resurslarini töğri va sifatli raqamlaştiriş”, “Axborot-kutubxona muassasalarida bibliografik faoliyatni rivojlantiriş: tajriba, hamkorlik va innovatsiyalar”, “Nodir adabiyotlar fondlarini taşkil etiş, saqlaş va hujjatlarni restavratsiya qiliş tartibi böyiça soha mutaxassislarining malakasini oşiriş masalalari”, “Axborot-kutubxona fondlarini jamlaş xizmatining faoliyatini takomillaştirişning dolzarb masalalari”, “UÖK asosida axborot resurslarini tizimlaştiriş: zamonaviy yondaşuvlar va amaliy tajriba” mavzularida seminarlar ötkaziş belgilangan.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri