Guyyan — Xitoyning yaşil gavhari
Xitoy Xalq Respublikasining janubi-ğarbida joylaşgan Guyçjou provinsiyasi maʼmuriy markazi — Guyyan şahri özining betakror tabiati, yaşil toğlari, zamonaviy meʼmorçiligi va boy madaniy merosi bilan ajralib turadi.
Toğlar va tepaliklar bağrida joylaşgan mazkur şaharni bejiz «yaşil şahar» deb ataşmaydi. Sölim boğlar, daraxtzorlar, daryolar va xuşmanzara sayrgohlar uning körkiga körk qöşadi. Möʼtadil iqlim va seryoğin ob-havo esa hududda yaşillikning uzoq vaqt saqlanişiga qulay şaroit yaratadi.
Guyyan nafaqat tabiiy gözalligi, balki iqtisodiy va texnologik taraqqiyoti bilan ham eʼtiborga molik. Sönggi yillarda şaharda sanoat, savdo, turizm va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy infratuzilma obʼektlari, osmonöpar binolar va keng köçalar şaharning yangilanib borayotgan qiyofasini namoyon etadi.
Şaharning diqqatga sazovor maskanlari orasida Szyaşyu paviloni, tarixiy Sinʼyan şaharçasi va Xuasi boği alohida örin tutadi. Uşbu qadamjolar qadimiy meʼmorçilik anʼanalari, tarixiy meros va tabiat gözalligini özida mujassam etgani bilan mahalliy aholi hamda sayyohlar eʼtiborini tortadi.
Guyyanning yana bir öziga xos jihati — madaniy rang-barangligidir. Guyçjou provinsiyasida istiqomat qiluvçi turli millat va elatlarning urf-odatlari, milliy liboslari, anʼanaviy bayramlari hududning boy madaniy merosini aks ettiradi.
Mahalliy oşxona ham öziga xosligi bilan ajralib turadi. Aççiq va nordon taʼmlar uyğunligi, xuşböy ziravorlardan keng foydalanilişi Guyçjou taomlariga betakror mazza bağişlaydi.
[gallery-32310]
Bugungi Guyyanda qadimiy anʼanalar va zamonaviy taraqqiyot, tabiat va şaharsozlik özaro uyğunlaşgan. Yaşillikka burkangan toğlar, tarixiy obidalar va zamonaviy inşootlar şaharning öziga xos manzarasini yaratib, uni Xitoyning jozibador sayyohlik maskanlaridan biriga aylantirmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA