Guruhdoshimiz Kongo DR terma jamoasining o‘yini Ebola virusi sababli o‘tkazilmaydi
Bu qaror Ebola virusi bilan bog‘liq jiddiy xavotirlar tufayli o‘yin o‘tkazilishi belgilangan shahar meri Xuan Franko tomonidan qabul qilingan.
Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasining Chiliga qarshi o‘yini virus sabab bekor qilinmoqda.
9-iyun kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Kongo Demokratik Respublikasi va Chili terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bu qaror Ebola virusi bilan bog‘liq jiddiy xavotirlar tufayli o‘yin o‘tkazilishi belgilangan shahar meri Xuan Franko tomonidan qabul qilingan. Manbaga ko‘ra, jamoalar turnir boshlanishidan bir necha kun oldin o‘yinni o‘tkazish uchun boshqa joy qidirmoqda. Avvalroq, Kongo DR terma jamoasi mamlakatda Ebola virusi tarqalishi sababli jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Kongo DR terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va O‘zbekiston bilan kuch sinashadi.